Xorijda tahsil olayotgan talabalar soni boʻyicha Oʻzbekiston TOP-10 likka kirdi

YUNESKO statistika institutining 2023-yil 1-yanvar holati boʻyicha bergan maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni 6 859,4 ming nafarga yetgan.

Oldingi yillar bilan solishtirganda, xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan talabalar soni dunyo boʻyicha bir yil ichida qariyb 419 ming nafarga ortgan.

Quyida oʻqish istagida boʻlgan yoshlari xorijda eng koʻp tahsil olayotgan davlatlar TOP-10 taligi keltirilgan:

▪️ Xitoy – 1052,3 ming nafar;

▪️ Hindiston – 621,6 ming nafar;

▪️ Oʻzbekiston – 150,5 ming nafar;

▪️ Vyetnam – 134,1 ming nafar;

▪️ Germaniya – 126,2 ming nafar;

▪️ AQSh – 115,0 ming nafar;

▪️ Fransiya – 113,5 ming nafar;

▪️ Suriya Arab Respublikasi – 105,0 ming nafar;

▪️ Nepal – 95,1 ming nafar;

▪️ Pokiston – 90,6 ming nafar.

About the Author

You may also like these