Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni 551 mingdan oshdi

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni kundan kunga oshib bormoqda. Bu haqda “Fiskal tahlillar” portali xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024-yil 1-oktyabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 551 ming 154 nafarga yetgan.

Taʼkidlash joizki, ushbu raqamlar 2024-yilning dastlabki 9 oyida 65 ming 370 taga koʻpaygan.

Yuridik shaxslar faoliyat turlari boʻyicha savdo eng yuqori koʻrsatgichga ega boʻlib, yuridik shaxslarning soni ushbu sektorda 144,1 mingtani tashkil etadi.

TOP-5 sohalar quyidagilar:

1) savdo – 144,1 mingta

2) qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi – 125 mingta

3) sanoat – 64,7 mingta

4) qurilish – 31,1 mingta

5) yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 27,9 mingta.

About the Author

You may also like these