Kollej va texnikumlarda oʻqiyotgan xotin-qizlar davlat granti asosida oʻqishlari mumkin

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (29.09.2023-yildagi 516-son)ga muvofiq, kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal qishloq xoʻjaligi sohalarida taʼlim olayotgan qizlar toʻliq davlat granti asosida taʼlim olishlari mumkin. Bu haqda Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Kollej va texnikumlarga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan xotin-qizlar 10-oktyabrga qadar muassasa direktori nomiga davlat granti asosida taʼlim olish uchun ariza bilan murojaat qilishi kerak.

About the Author

You may also like these