Oʻzbekiston va Qozogʻiston kosmosga sunʼiy yoʻldoshlar guruhini uchirishni rejalashtirmoqda

Raqamli texnologiyalar vazir Sherzod Shermatov Qozogʻiston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi joriy yilning 2–3-sentyabr kunlari Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya (ESKATO) tomonidan Ostona shahrida tashkil etilgan “Raqamli inklyuziya va transformatsiya boʻyicha Osiyo – Tinch okeani vazirlar konferensiyasi”da ishtirok etdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu tadbir doirasida vazir Sherzod Shermatov Qozogʻiston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri J. Madiyev bilan uchrashuv oʻtkazdi.Uchrashuvda ikki mamlakat ishtirokida kosmosga oʻzaro sunʼiy yoʻldoshlar guruhini uchirish boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish masalasini oʻrganish va tahliliy maʼlumotlarni joriy yil yakuniga qadar tahlil qilib, takliflarni belgilab olish muhokama qilindi.

About the Author

You may also like these