Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Qozogʻiston fan va oliy taʼlim vaziri Sayasat Nurbek bilan uchrashdi

Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi oliy taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, 2024-yilda Chirchiq shahrida ochilgan Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti filiali hamda Olmaota shahrida Qozogʻiston milliy agrar universiteti bazasida tashkil etilgan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining filiali faoliyatini kelgusida qoʻllab-quvvatlash boʻyicha fikr almashdilar. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida ikki mamlakat oʻrtasida oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarda qoʻshma ilmiy loyihalar tanlovlarini tashkil etish masalasi koʻrib chiqildi.

About the Author

You may also like these