Oʻzbekiston aholisi Mustaqillik bayramida necha kun dam oladi?

Prezident farmoniga binoan, Mustaqillik bayramida oʻzbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi.

Bunda:

▪️ 31-avgust, shanba — 6 kunlik ishchi xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni. 5 kun ishlaydiganlar uchun esa odatiy dam olish kuni boʻladi;

▪️ 1-sentabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;

▪️ 2-sentabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga toʻgʻri kelsa, dam olish kuni dushanbaga koʻchiriladi);

▪️ 3-sentabr, seshanba — barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni.

About the Author

You may also like these