Oʻzbekistondagi xorijiy OTM filiallari va nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga koʻchirish boʻyicha test sinovlari 10-20-avgust oraligʻida boʻlib oʻtadi.
Baholash mezoni quyidagicha boʻladi:
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy boʻlgan 3 ta fan boʻyicha:
— Ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili) — 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
— Matematika — 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
— Oʻzbekiston tarixi — 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 33 ball.
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta mutaxassislik fan boʻyicha:
— 1-fan — 30 ta savol.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.
2-fan — 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.
Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 156 ball.
Umumiy holda, 2024/2025 oʻquv yili uchun oʻqishni koʻchirish talabida boʻlganlarga 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.