“Formativ baholashda 4K koʻnikmalarini baholash rubrikalari” nomli uslubiy qoʻllanma ishlab chiqilmoqda

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boʻlim boshligʻi Shavkat Xoʻjaqulov maʼlum qildi.

Markaz tomonidan istiqbolda bir qator ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Xususan:

Umumiy oʻrta taʼlimda oʻqitish natijalarini baholash konsepsiyasi;

“Taʼlim dasturlarining uzluksizligini taʼminlash konsepsiyasi”, “Uzluksiz taʼlim tizimi lugʻati”, Taʼlim sifatini baholash va monitoring qilish uchun milliy soʻrov tizimi ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, “Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari va taʼlim kurslarini moddiy-texnik jihozlashga qoʻyiladigan talablar”, “Umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartini ishlab chiqish boʻyicha qoʻllanma”, “Umumiy oʻrta taʼlim uchun oʻquv-metodik komplekslar yaratish, ekspertiza va sinovdan oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” qaror loyihasi tayyorlandi.

PISA 2025 asosiy tadqiqotlari uchun baholash materiallari, qoʻllanmalar, nazorat shakllari va TIMSS 2023 xalqaro tadqiqot ensiklopediyasi materiallari tayyorlanmoqda.

Inson kapitali va XXI asr koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida uzluksiz kasbiy taʼlim va hayot davomida taʼlim boʻyicha xalqaro tajribalar tahlil qilinmoqda.

Nodavlat taʼlim muassasalarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash uchun samarali mexanizmlarni joriy etish boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga, maktab bitiruvchilarining davlat yakuniy attestatsiyasi va Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiyalash boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tavsiyalar yuborildi.

About the Author

You may also like these