Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Qaror matni OʻzAda eʼlon qilindi.
Qarorga koʻra, mehnatkash va bagʻrikeng xalqning bunyodkorlik salohiyati bilan erishilayotgan ulkan natijalarning mazmun-mohiyati haqida mahallalar, taʼlim muassasalari, mehnat jamoalarida maʼrifiy uchrashuv va suhbatlar oʻtkaziladi.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama eʼzozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy yordam berish bilan bogʻliq xayriya tadbirlari oʻtkaziladi.
Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi bilan birgalikda “Ona diyor – ranglar jilosida”, “Vatan uchun yashaylik!”, “Eng ulugʻ, eng aziz” kabi anʼanaviy koʻrik-tanlovlarni yuqori darajada oʻtkazishga masʼul boʻladi.
Shuningdek, mamlakat istiqlolini tarannum etuvchi eng yaxshi qoʻshiq va musiqa asarlari tanlovlarining yakuniy bosqichi oʻtkaziladi.